O‘zbekistonda poyezd xodimi turk sayyohidan pora so‘radi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda turkiyalik sayyohning pul evaziga oddiy joyini qulay sharoitli o‘ringa almashtirgani haqida gapirgan videosi tarqaldi.  

Unda aytilishicha, sayyoh Toshkent-Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdga chiqqan va 100 ming so‘m (8,2 AQSH dollari) evaziga VIP joyga ega bo‘lgan. 

“…Vagon ma’muri keldi va biroz pul evaziga bizga yaxshiroq xona berishi mumkinligini aytdi. Hayotimizda ilk marotaba pora berdik, do‘stlar. Tan olish kerak, avvaliga o‘zimni yomon his qildim. Ammo bergan pulimizga yarasha javob oldik.  100 ming so‘mga yaxshigina kupeda Toshkentdan Andijongacha maza qilib manzaralarni tomosha qilib ketdik”, degan sayyoh videoda.

O‘zbekiston temiryo‘llarining mas’ul xodimi esa ushbu masala ko‘rib chiqilayotgani va batafsil ma’lumot keyinroq rasmiy munosabatda aytib o‘tilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq niderlandiyalik sayyoh-bloger ham 15 dollar evaziga o‘zining poyezddagi joyini o‘zgartirib olgandi. Shundan so‘ng poyezd rahbari ishdan olingan. Bir necha kun avval esa ushbu bloger afsusda ekanini va bo‘lgan voqeaning tafsilotlari haqida QALAMPIR.UZ'ga xat yozdi. 


Maqola muallifi

Teglar

pora sayyoh VIP

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing