O‘zbekistonda porox ishlab chiqarish rejalashtirilyapti
Olam
−
08 dekabr 2020
8570Qozon davlat porox fabrikasi va O‘zbekiston mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi O‘zbekistonda litsenziya asosida piroksilin poroxlarini ishlab chiqarish loyihasini muhokama qildilar.
“Tomonlar 2021 yilda piroksilin yoqilg‘isini yetkazib berish shartlari, nomenklaturasi va narxini kelishib oldilar, O‘zbekiston Respublikasi hududida litsenziyali piroksilin yoqilg‘isini ishlab chiqarish loyihasini tayyorlash uchun har ikki tomon taqdim etiladigan texnik hujjatlar hajmini aniqladilar”, deyilgan Tatariston Sanoat va savdo vazirligi xabarida.
Shuningdek, piroksilin poroxlarini tayyorlashning sxemalari hamda O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xomashyo (paxta sellyulozasi) yetkazish imkoniyatlarini ham muhokama qilingan.
Qozon davlat porox fabrikasi direktori Aleksandr Livshits O‘zbekiston porox ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo yetkazib beruvchi hisoblanishini ta’kidlagan.
Qozon porox zavodi Rossiyadagi eng yoshi katta fabrika hisoblanadi. U yerda barcha turdagi piroksilin poroxlari ishlab chiqariladi.
LiveBarchasi