O‘zbekistonda pomidor narxi oshib ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda so‘nggi bir hafta ichida pomidor narxi bir yarim barobarga qimmatladi. Bu haqda “EastFruit” xabar berdi.

Ekspertlarning ma’lum qilishicha, orada pomidor narxi biroz barqarorlashdi va bir oydan ko‘proq vaqt davomida o‘zgarmadi. Ushbu to‘xtalishdan keyin o‘sish tendensiyasi qayta tiklandi.

Jumladan, 2023 yilning 6 oktyabridan 13 oktyabrigacha O‘zbekistonda yumaloq qizil pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 4000dan 6000 so‘mgacha oshdi.

Shunga qaramay, ularning ulgurji narxi o‘tgan yilga qaraganda pastroq. Joriy yilning 13 oktyabr holatiga ko‘ra, qizil yumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 40 foizga va 2021 yilning mos davriga nisbatan chorak baravar arzon.

O‘tgan yil davomida pushti pomidorning ulgurji narxi ham bir yarim barobar oshgan. Biroq, pushti pomidorning narxi ketma-ket ikkinchi hafta, ya’ni joriy yilning 29 sentyabridan 13 oktyabrigacha ko‘tarilib boryapti. Ularning o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 7000 so‘mdan 12000 so‘mgacha oshdi. Oxirgi ikki hafta ichidagi o‘sish 71 foizga yetgan.

Qizil yumaloq pomidordan farqli o‘laroq, pushti pomidorning joriy ulgurji narxi o‘tgan yil bilan bir xil darajada.

“O‘zbekistonda pomidor narxining o‘zgarishi o‘tgan yillardagi dinamikada bo‘lishini inobatga olsak, joriy yilning oxirigacha narxlar oshishini prognoz qilish mumkin”, deyiladi ushbu tahlilda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston pomidor narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing