O‘zbekistonda “perevod” uchun arizalar qabuli boshlandi. Vazirlik ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
15 iyul 2022
12675Avvalroq 2022/2023 o‘quv yili uchun xorijiy davlatdan o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlangani haqida xabar bergan edik.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mahalliy oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirish uchun ham arizalar qabuli boshlanganini ma’lum qildi.
Vazirlikning ogohlantirishicha, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bo‘lsa, talaba o‘tish balidan yuqori ball to‘plagan taqdirda ham unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
2022/2023-o‘quv yili uchun respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga yoki bir OTM doirasida o‘qishni ko‘chirish, shuningdek o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar transfer.edu.uz portali orqali qabul qilinadi.
Qabul 2022 yil 15 iyuldan 5 avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Kerakli hujjatlar:
• ariza (onlayn tarzda)
• transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
• akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki "perevod" uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.
LiveBarchasi