O‘zbekistonda paxsadan qurilgan 179 ta maktab bor – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekistonda hamon paxsadan qurilgan 179 ta maktab binosi bor. 3 mingdan ziyod maktab uchun qo‘shimcha o‘quv binolari zarur. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytildi. 

Davlat rahbari maktab ta’limi tizimidagi kamchilik va muammolarni sanab o‘tdi.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 1 ming 695 ta maktab mukammal ta’mirga muhtojligi, hanuzgacha 179 ta paxsadan qurilgan maktab mavjudligi, 3 mingdan ziyod maktab uchun qo‘shimcha o‘quv binolari zarurligi tanqid qilingan. 

Bundan tashqari:

•    yangi massivlar barpo etilishi, qishloq infratuzilmasi kengayishi va aholi o‘sishi natijasida yana 270 ta maktab qurishga ehtiyoj bor;

•    hozirda 2,3 mingta maktabning sport zali mavjud emas;

•    ta’lim sifati past bo‘lgan 84 ta maktabning birorta o‘quvchisi o‘tgan yili oliygohga kirmagan;

•    maktab kutubxonalaridagi kitob fondi yillar davomida yangilanmagan;

•    -milliy musiqa anjomlari atigi 615 ta maktabda mavjud.

"Ta’lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Chunki biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz.

Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta’limi vazirligining ishi, deb o‘ylasa, mutlaqo yanglishadi”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing