O‘zbekistonda “Ozarbayjon kinosi kunlari” o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Shu yilning 21-28 sentyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Ozarbayjon kinosi kunlari” o‘tkaziladi. 

Tadbirda ozarbayjonlik kinoijodkorlardan iborat bir guruh delegatsiya vakillari ishtirok etadi. “Ozarbayjon kino kunlari” doirasida ozarbayjonlik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 23 sentyabr  kuni soat 16:00da Alisher  Navoiy nomli kinosaroyda tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.  

Ozarbayjon delegatsiyasi tarkibida delegatsiya rahbari Ozarbayjon madaniyat vazirligi Kinematografiya bo‘limi boshlig‘i Almaz Gajibaba, Ozarbayjon madaniyat vazirligi Kinematografiya bo‘limi konsultanti Gulnora Javadova, kinorejissyorlar Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ayoz Salayev, Mirbala Salimli, Shomil Aliyev hamda kinoaktyor Maqsud Mammadovlar ishtirok etadi.

Seanslar vaqti:

23 sentyabr 

Alisher  Navoiy nomli kinosaroyi, TOSHKENT

16:00 - “Ozarbayjon kino kunlari” tadbirining rasmiy ochilish marosimi
16:30 - “Qizil bog‘” badiiy filmi namoyishi, rejissyor Mirbala Salimli 

24 sentyabr

Alisher  Navoiy nomli kinosaroyi, TOSHKENT
17:00 - “Anorzor” badiiy filmi namoyishi, rejissyor Ilg‘or Najaf 

24 sentyabr 

"Metallurg" madaniyat saroyi, OLMALIQ
16.00 - “Ozarbayjon kino kunlari” tadbirining rasmiy ochilishi
16.30 - “Naxichevanlik Huseyn Xon. Qaytish” hujjatli filmi namoyishi
17:00 - “Stepnyak” badiiy filmi namoyishi, rejissyor Shomil Aliyev

25 sentyabr

"Sharq yulduzi" kinoteatri, SAMARQAND
15:00 - “Ozarbayjon kino kunlari” tadbirining rasmiy ochilishi 
15:30 - “Boku vaqt ko‘zgusida” hujjatli film namoyishi, rejissyor Natalya Zavoznenko
17:00 - “Stepnyak” badiiy filmi namoyishi, rejissyor Shomil Aliyev

 26 sentyabr

"Sharq yulduzi" kinoteatri, SAMARQAND
15:30 - “Anorzor” badiiy filmi namoyishi, rejissyor Ilg‘or Najaf 
17:00 - “O‘n alloma” hujjatli filmi namoyishi, rejissyor Odil Ozoy

 ESLATMA: Barcha seanslarga kirish BEPUL!


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonda Ozarbayjon kinosi

Baholaganlar

5

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing