O‘zbekistonda ov mavsumi to‘xtatiladi
Jamiyat
−
28 fevral 2023
5025Bugun, 28 fevral kunidan boshlab O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash mavsumi to‘xtatiladi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi inspeksiya boshlig‘i Adham Qurbonov ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 8 iyundagi “Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi qonunida belgilab qo‘yilgan tartib – qoidalarga muvofiq, joriy yilning 28 fevralidan respublikada yovvoyi hayvonlarni va qushlarni ovlash uchun ov mavsumi yakunlandi.
Shu munosabat bilan barcha ovchilar ov yo‘llanmalarini 10 kun muddatda O‘zbekiston Ovchi va baliqchilik sporti birlashmalari va uning hududlaridagi bo‘linmalariga qonunda belgilangan tartibda topshirishlari so‘raladi.
Aks holda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismi bilan 3 million so‘mdan 4 million 500 ming so‘mgacha jarimaga tortilishiga yoki keyingi bir yil davomida xuddi shu modda bilan javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, ov quroli musodara qilinib, 4 million 500 ming so‘mdan 6 million so‘mgacha jarimaga tortilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
“Barcha fuqarolarga ov qilish bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatlari yuz berganda (1157) qisqa raqamiga yoki hududiy boshqarmalarga murojaat qilishlarini eslatib o‘tamiz”, deydi Adham Qurbonov.
LiveBarchasi