O‘zbekistonda OTM bitiruvchilari ish topolmayapti. Prezident chora ko‘rmoqchi
Jamiyat
−
11 aprel 2023
14750O‘zbekistonda o‘tgan yili 11 ta davlat oliygohining 11 mingdan ziyod bitiruvchilaridan 6,5 ming nafari ishga joylashmagan. Yoki grantda o‘qigan 3 ming talaba ham ishga kirmagan. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar masalalariga bag‘ishlab, o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.
Shuningdek, professional ta’limda ham 2022 yilda kollej va texnikumlarni 143 ming nafar yoshlar bitirgan bo‘lsa, shundan 30 ming nafari ish topa olmagan.
Shu sababli bundan buyon har bir vazir tarmog‘idagi kasblarga malaka talabini o‘zi belgilashi, bunda 70 foiz kasblarga o‘rta maxsus, 30 foiziga oliy ma’lumot talab etiladigan tizim bo‘lishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, vazirliklar oliygoh va kollej-texnikumlarga buyurtma berish bilan birga ularning o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Har bir vazir va viloyat hokimi yil boshida o‘zining Yoshlar bandligi dasturlarini ishlab chiqib, aholiga e’lon qilishi va yil yakunida natijalari bo‘yicha jamoatchilikka hisobot berishi belgilandi.