O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari taqiqlandi

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari ishtirokchilarining kartalaridan transchegaraviy o‘tkazmalar taqiqlanadi. 

30 noyabr kuni “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolangandi.

Unga ko‘ra, mablag‘larni oluvchi tomonidan qimor o‘yinlari tashkil etish va o‘tkazish faoliyati hamda kapital harakati operatsiyalari amalga oshirilayotgani to‘g‘risidagi to‘lov tizimining operatsiya kodi yoki boshqa identifikatorlar belgilangani haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, tijorat banklari tomonidan bank kartasi yordamida O‘zbekiston tashqarisida joylashgan mablag‘larni qabul qiluvchiga transchegaraviy o‘tkazish taqiqlanadi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligining murojaatlari asosida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan qonunga xilof ravishda qimor o‘yinlarida qatnashish hamda kapital harakati operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi Internet tarmog‘idagi axborot resurslari belgilangan tartibda O‘zbekiston qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i reyestriga kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston onlayn qimor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made