OKMKda oltin ishlab chiqarish 50 tonnaga yetkaziladi

Jamiyat

image

Bugun, 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida investitsiya masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 26 may kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilingani ta’kidlandi.

Unga ko‘ra, metallurgiya komplekslari va 2 ta mis boyitish fabrikasi barpo etish orqali mis va oltin ishlab chiqarish hajmi 3 baravarga oshirilib, mis ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 400 ming tonna, oltin – 50 tonna va kumush 270 tonnagacha yetkaziladi.

Zargarlik va elektr texnikasi kabi tarmoqlar bundan foydalanib, ishlab chiqarish hajmi va ish o‘rinlarini ko‘paytirishi zarurligi qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing