O‘zbekistonda olti oyda qancha chaqaloq dunyoga keldi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, tug‘ilishlar soni bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra joriy yil yanvar-iyun oyida 390,7 mingta bola dunyoga kelgan. Respublika hududlari orasida Samarqand viloyatida eng ko‘p ya’ni, 47,4 ming tug‘ilish qayd etilgan.

Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni quyidagicha:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 16,8 ming kishi;
• Andijon –36,6 ming kishi;
• Buxoro –17,9 ming kishi;
• Jizzax – 18,4 ming kishi;
• Qashqadaryo – 41,9 ming kishi;
• Navoiy – 11,7 ming kishi;
• Namangan – 33,7 ming kishi;
• Samarqand –47,4 ming kishi;
• Surxondaryo – 35,6 ming kishi;
• Sirdaryo – 10,1 ming kishi;
• Toshkent – 32,6 ming kishi;
• Farg‘ona – 43,5 ming kishi;
• Xorazm – 16,5 ming kishi;
• Toshkent shahri –28 ming kishi.

Shuningdek, 2021 yil eng ko‘p tug‘ilish iyun oyida (78 888 bolajon) kuzatilgan bo‘lsa, eng kam tug‘ilish fevral oyida (53 759 kishi)) kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing