O‘zbekistonda oxirgi 10 kunda koronavirusdan sog‘ayish 16 foizga oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 19 avgust kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi 594 holat qayd etilldi. Shundan 537 nafari tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, qolgan 57 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun mamlakatning 11 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarning 721 nafari sog‘aydi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 37 112 nafar bemordan 32 944 nafari sog‘ayib chiqdi. Shunday qilib so‘nggi 10 kun ichida O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 72 foizdan 88 foizga yetdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 920 nafar bemordan 330 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

393

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing