O‘zbekistonda Oilaviy bolalar uyi bitiruvchilari yuridik texnikumlarda tekin o‘qishi mumkin
Jamiyat
−
11 Oktabr
1231Oilaviy bolalar uyining bitiruvchilariga belgilangan qo‘shimcha kvota doirasida Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish imtihonlarida qatnashish huquqi beriladi. Bu haqda “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
“Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarning kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan farzandlari, Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uyining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogironligi bo‘lgan bolalar toifasidagi abituriyentlar qo‘shimcha qabul parametrlari asosida qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Hujjat bilan nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan, ularning xorijiy tillarni o‘rganishini rag‘batlantirish ham ko‘zda tutilmoqda.
LiveBarchasi