O‘zbekistonda ODR tashkil topganining 104 yilligi nishonlandi
Olam
−
28 may 2022
2860Bugun, 28 may – Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tashkil topgan kun. Mazkur tarixiy voqeaga 104 yil to‘lishi munosabati bilan poytaxt Toshkentda rasmiy Ozarbayjon Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi va Haydar Aliyev madaniyat markazi tomonidan rasmiy qabul marosimi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov, Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyev va Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi direktori Samir Abbosov, xorijiy mamlakatlar elchilari va diplomatik korpus vakillari, jamoatchilik faollari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Ozarbayjonda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi (ADR) tashkil topganining 104 yilligi nishonlanmoqda.
ODR – musulmon sharqida birinchi demokratik respublika tashkil etilganligi haqida 1918 yil 28 mayda Tiflisda Mamad Emin Rasulzoda raisligidagi Milliy kengash e’lon qildi.
O‘sha kunlarda Baku bolsheviklar va arman to‘dalari tomonidan bosib olindi va shuning uchun Fatali Xon Xoyskiy boshchiligidagi Ozarbayjon muvaqqat hukumati bir muddat Ganja shahrida faoliyatini davom ettirdi.
Usmoniylar davlati Ozarbayjon mustaqilligini birinchi bo‘lib tan oldi.
G‘oqchay, Salyan, Agsu va Kurdemir viloyatlari va Baku shahri arman va bolsheviklar qo‘lidan 1918 yil 15 sentyabrda ozod qilindi. Baku uchun bo‘lgan janglarda Kavkaz islom armiyasining 1130 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan.
Ozarbayjonda qisqa vaqt ichida iqtisodiyot, ta’lim, diniy va boshqa sohalarda islohotlar amalga oshirildi.
Ozarbayjonning "Mustaqillik Deklaratsiyasi"da irqi, dini va jinsidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlar ta’minlandi. Ozarbayjon musulmon sharqida ayollarga saylov huquqini bergan birinchi davlat bo‘ldi.
Milliy valyuta va pochta markalari ham muomalaga kiritildi, davlat banki va Baku davlat universiteti tashkil etildi.
26 iyunda Ozarbayjonda milliy armiyasi tuzildi. Bunda Usmoniy qo‘shinlarining zobitlari muhim rol o‘ynadi.
Hukumatning 1918 yil 27 iyundagi qarori bilan turkiy til ODRda davlat tili deb e’lon qilindi.
Agar ilgari ko‘pgina maktablarda o‘qitish rus tilida olib borilgan bo‘lsa, ODR tuzilgandan keyin turkiy tilda o‘qitish majburiy bo‘lib qoldi.
1918 yil 7 dekabrda 120 o‘rinli milliy parlament o‘z faoliyatini boshladi, unda barcha siyosiy partiyalar va mamlakat aholisining etnik guruhlari vakillari ishtirok etdi. 17 oylik faoliyati davomida parlament 230 ta qonun loyihasini qabul qildi.
1920 yil 28 aprelda Qizil Armiya otryadlari Ozarbayjonni bosib olib, Ozarbayjon Demokratik Respublikasining mavjudligiga chek qo‘ydi.
Aksariyat davlat amaldorlari va ziyolilar mamlakatni tark etgan. Ozarbayjon asoschisi Mamad Emin Rasulzoda umrining so‘nggi yillarini Turkiyada o‘tkazdi. 1949 yilda Anqarada Ozarbayjon Madaniyat Jamiyatini tuzib, o‘z mamlakatidagi vaziyat haqida gapirishda, kitoblar yozishda, anjumanlar tashkil etishda davom etdi.
Rasulzodaning “Bir marta ko‘tarilgan bayroq endi tushmaydi” degan so‘zlari butun ozarbayjonliklarning shioriga aylandi.
LiveBarchasi