O‘zbekistonda odam o‘ldirgan erkak Moskvada qo‘lga olindi
3-sahifa
−
08 aprel 2023
12401Rossiya poytaxti Moskva shahrida bundan 13 yil oldin O‘zbekistonda sodir etgan jinoyati uchun qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ushbu shaxs 2010 yilda o‘zi bilan birga yashab kelgan ayolni o‘ldirib, uning 7 ming AQSH dollari va 5 million so‘m pulini, shuningdek, jabrlanuvchining mobil telefonini o‘g‘irlagan hamda Rossiyaga qochib ketgan. Shundan so‘ng xalqaro qidiruv e’lon qilingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Moskva tergovchilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirda gumonlanuvchi poytaxtning Olmaota ko‘chasida ushlangan. U huquq-tartibot xodimlariga soxta pasportni ko‘rsatgan. Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi