O‘zbekistonda nikohlar soni yildan yilga kamayib bormoqda

Jamiyat

image

2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida FHDYO organlarida 177 mingta nikoh qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qayd etilgan nikohlardan 91,2 mingtasi shahar joylarida, 85,8 mingtasi esa qishloq hududlarida tuzilgan.

So‘nggi yillarda nikohlar sonida izchil kamayish kuzatilmoqda. 2021 yilda 206,8 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 197 mingtaga, 2023 yilda 184,5 mingtaga, 2024 yilda esa 179,4 mingtaga tushgan. 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyida esa 177 mingta nikoh ro‘yxatga olingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi soni 38 mln 069,1 ming kishiga yetgandi.  Ushbu sondan 18 mln 896,6 mingi (49,6 foiz) ayollar, 19 mln 172,5 mingi (50,4 foiz) esa erkaklarga to‘g‘ri keladi. Aholi o‘sishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 713,7 ming kishiga yoki 1,9 foizga ko‘paygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing