O‘zbekistonda necha kishi koronavirusga qarshi emlangani ma’lum qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Koronavirus: bir kunda 4 kishi vafot etdi. 400 ga yaqin bemor aniqlandi north_east

Koronavirus: bir kunda 4 kishi vafot etdi. 400 ga yaqin bemor aniqlandi

17 iyunda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 45765 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 20654  nafarni, 
2-bosqich emlanganlar 12485  nafarni,
3-bosqich emlanganlar 12626 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 2785336 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 1665025 nafarni, 
2-bosqichda emlanganlar   1028271 nafarni,
3-bosqich emlanganlar   92040 nafarni tashkil qildi. 

17 iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Toshkent viloyati (6773 doza),
  • Namangan viloyati (5190  doza),
  • Farg‘ona viloyati (5066  doza) band qildi. 

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Farg‘ona viloyatida 330399 doza, 
  • Namangan viloyatida 322527 doza, 
  • Andijon viloyatida 318979

dozani tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing