O‘zbekistonda necha kishi Xitoy vaksinasini qabul qildi?
Jamiyat
−
07 yanvar 2021
44242021 yil 6 yanvar holatiga ko‘ra, koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasining III faza sinovlarida ishtirok etgan fuqarolar soni jami 1270 kishini tashkil etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ularning hammasi ham vaksina bilan emlanmagan, ayrimlariga platsebo, ya’ni vaksina bilan bir xil ko‘rinishga ega, o‘zida nomzod vaksina yoki dori vositasini saqlamagan birikma yuboriladi. Ushbu sinov ikki tomonlama noma’lum bo‘lganligi uchun na shifokor va na ko‘ngilli vaksina yoki platsebo olganini bilmaydi.
Kecha, 6 yanvar kuni vaksina sinovlarida ishtirok etgan fuqarolarning soni 82 nafar ko‘ngillini tashkil etgan.
Klinik sinovlar xitoylik mutaxassislar ishtirokida Toshkent shahridagi 3 ta poliklinikada o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi