O‘zbekistonda mobil telefon importi keskin oshdi
3-sahifa
−
25 may 2022
7441O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 71,2 mln dollarga teng bo‘lgan 976 645 dona mobil telefon import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Oylar kesimida telefon importi:
• yanvar – 129 766 dona;
• fevral – 284 461 dona;
• mart – 286 056 dona;
• aprel – 276 362 dona.
Shuningdek, O‘zbekiston 4 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
• Xitoy – 741 546 dona;
• Vetnam – 121 376 dona;
• Hindiston – 62 612 dona;
• BAA – 46 137 dona;
• Qozog‘iston – 3 663 dona;
• Janubiy Koreya – 1 286 dona.
Ta’kidlash lozimki, telefon importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 320 900 donaga oshgan.
LiveBarchasi