O‘zbekistonda “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2022
14304Bugun, 23 sentyabrdan O‘zbekistonda Rossiyaning “Mir” kartalariga texnik sabablar tufayli xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi. Bu haqda UZCARD Yagona umumrespublika protsessing markazi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yagona umumrespublika protsessing markazi ma’lumotiga ko‘ra, to‘lov tizimi ishtirokchisi tomonida texnik va profilaktik ishlar olib borilishi sababli, bugun, 23 sentyabr kuni soat 09:00 dan UZCARD infratuzilmasida “Mir” kartalariga hamda xorijda UZCARD – “Mir” kobeyjing kartalariga xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatilgan.
“UZCARD – “Mir” kobeyjing kartalari O‘zbekiston Respublikasi hududida UZCARD to‘lov tizimi infratuzilmasida odatdagidek ishlashni davom etadi”, deyiladi bayonotda.
Qayd etish joizki, bundan oldin ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi banklar “Mir” kartalarini qabul qilishni to‘xtatayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Biroq UZCARD O‘zbekistonda “Mir” kartalarini qabul qilish davom etayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi