O‘zbekistonda ming so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilyapti
Jamiyat
−
14 iyul 2022
8908O‘zbekistonda ming so‘mlik tangalar muomalaga chiqariladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorda so‘z boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 200 000 (ikki yuz ming) so‘mlik banknot va 1 000 (bir ming) co‘mlik tanga ko‘rinishidagi pul belgilari chiqarish to‘g‘risidagi taklifini ko‘rib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga muvofiq Senat Kengashining qarori qabul qilingan.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan 200 000 (ikki yuz ming) so‘mlik banknot va 1 000 (bir ming) co‘mlik tanga ko‘rinishidagi pul belgilarining namunalari hamda dizaynlari ma’qullangan.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 200 000 (ikki yuz ming) so‘mlik banknot va 1 000 (bir ming) co‘mlik tanga ko‘rinishidagi pul belgilarining muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi xabarni, shuningdek, banknotlar tavsiflarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishi belgilangan. Biroq, Markaziy bank ming so‘mlik tanga dizaynini taqdim etganicha yo‘q.
LiveBarchasi