O‘zbekistonda may oyida inflyatsiya qanchaga oshdi?
Jamiyat
−
01 iyun
7075May oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 2,8 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligining oylik hisobotida ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2023 yil may oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,6 foizga yetgan.
2024 yilning may oyida iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 2,0 foizga arzonlashgan, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 15,2 foizga oshgani kuzatilgan.
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida 120 mingdan narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatilgan.