O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng katta ko‘rgazma majmuasi ochildi
Biznes
−
19 Sentabr 2023
4182Joriy yilning 15 sentyabr kuni Toshkent shahrida yangi Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) nomli ko‘rgazmalar paviloniga ega biznes markazi ochildi. Mazkur inshoot odamlarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi? Majmuaning o‘ziga xos tomonlari, qulayliklari haqida quyidagi maqolada batafsil tanishishingiz mumkin.
Central Asian Expo Uzbekistan — Osiyoning markazidagi yangi va zamonaviy ko‘rgazmalar majmuasi bo‘lib, u Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan. Biznesga yangi nazar, yangi g‘oyalar va mahoratga ega insonlarni jalb qilishi kutilayotgan majmua 2023 yilning 15 sentyabr kuni ochildi.
Ochilish marosimida xorijiy va mahalliy tadbirkorlar, siyosatchilar, taniqli san’atkorlar va boshqa turli soha vakillari tashrif buyurdi. Mazkur tadbir konserti esa Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi Davlat simfonik orkestri ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Biznes markazi qanday qulayliklarga ega?
Ma’lum qilinishicha, mazkur loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida, tashrif buyuruvchilar va eksponentlar uchun qulay muhitni yaratishga qaratilgan ko‘rgazma sanoatining ilg‘or amaliyoti joriy etilgan. CAEx ko‘rgazma maydonining umumiy ko‘lami 23 ming metr kvadrat bo‘lib, unda 700 dan ortiq avtomobillar sig‘imiga ega avtoturargoh ham mavjud. 18 ming metr kvadrat maydonga ega pavilon esa har qanday format va murakkablik darajasidagi loyihalar uchun moslashtirilishi mumkin.
Shuningdek, CAEx 6 ga 6 o‘lchamdagi 4 ta texnik darvoza bilan jihozlangan, majmuadagi sun’iy yoritish esa 1 kvadrat metrga 500 lyuksni tashkil qiladi. Shiftlarning balandligi 11 metrdan ortiq. Pavilonning poli bir kvadrat metrga 3 tonna og‘irlikni ko‘tara oladi. Ko‘rgazma markazining ikkinchi qavatida 8 ta muzokaralar xonasi, 1 ta konferenszal, 7 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasiga ega fud-kort joylashgan bo‘lib, majmuaga tashrif buyurgan mehmonlar uchun barcha qulayliklar mavjud.
CAEx ko‘rgazma majmuasi sharqona va zamonaviylik me’morchilik namunasi bo‘lib, barcha turdagi xalqaro standartlarga javob beradigan muhandislik va kommunikatsiya uskunalari bilan ta’minlangan.
Ta’kidlash joizki, bu dizayn uslubidagi bino Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, u o‘zining noan’anaviy tashqi ko‘rinishi hamda qulay ichki muhiti bilan ajralib turadi. Majmua oldidagi favvoralar esa yozining issiq kunlarida salqinlashtirish hamda yengil kayfiyat berish imkoniyatiga ega. Bu esa iqlimi keskin kontinental bo‘lgan O‘zbekiston uchun ayni muddaodir.
CAEx odamlarga qanday imkoniyatlarni beradi?
Yirik masshtabdagi mahalliy va xalqaro tadbirlar, kongresslar, tantanalar, sport musobaqalari, forum va festivallarni o‘tkazish uchun yuqori darajada mos tushuvchi CAEx majmuasi o‘zining bir qator imkoniyatlarni beradi.
Xususan, CAEx Uzbekistan Osiyo mintaqasi, uning madaniy merosi va yangi imkoniyatlari olamiga chinakam ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. Mintaqaning markazida joylashgan CAEx Osiyoning yangi qirralarini ochib, uning salohiyati, betakror integratsiya qobiliyatini namoyon qiladi. Insonlarga esa yanada yaqinroq muloqotni o‘rnatishga ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, majmuada 150 ta ish o‘rni yaratilgan. Ko‘rgazma markazi konditsionerlar, audio-video uskunalar, liftlar, yuqori kuchlanishli elektr quvvatiga, suv va siqilgan havo manbalariga ulanish nuqtalari, Wi-Fi hamda qo‘riqlash xizmati bilan to‘liq ta’minlangan. Harakati cheklangan fuqarolar uchun alohida xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.
CAEx 2024 yil uchun tadbirlar jadvalini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Birinchi ko‘rgazma-yarmarkasi esa “CAEx Mebel & Decor 2023” bo‘lib, joriy yilning 22-24 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring caex-uzbekistan.com
Aloqa uchun: 71 113 3333
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi