O‘zbekistonda maktab va bog‘cha xodimlarini emlash boshlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi maktab va bog‘cha xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolarni ham koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, koronavirusga qarshi emlanayotgan aholi qatlamlari qamrovi kengaygan. Shu paytgacha 65 yosh va undan katta fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanayotgan edi. 

Kecha, 27 apreldan boshlab o‘rta maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolar ham vaksinatsiya jarayonlariga jalb qilingan.

Shu kunning o‘zida:

  • 9343 nafar o‘qituvchi; 
  • 5298 nafar maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari; 
  • 2845 nafar surunkali kasalligi borlar koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan.

Ilk kunda maktab o‘qituvchilarining 22 foizi AstraZeneca, 78 foizi ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan bo‘lsa, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarida bu ko‘rsatkich mos ravishda 11 va 89 foizni, surunkali kasalligi borlarda esa 23 va 77 foizni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar 600 mingdan oshdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

380

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing