Rasman: 7 fevraldan maktab, kollej va OTMlar an’anaviy ta’limga qaytadi
Jamiyat
−
02 fevral 2022
40942Joriy yilning 7 fevralidan boshlab O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
“Bunda, barcha ta’lim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda kasallikning tarqalganlik darajasi 0,8 ni tashkil etmoqda (JSST ekspertlari xulosasiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1,0 gacha bo‘lsa vaziyat barqarorligini anglatadi).
Shuningdek, statsionardan chiqarilayotganlar sonining statsionarga yotqizilayotganlar soniga nisbatan hamda karantindan chiqarilayotganlar sonining karantinga olinayotganlar soniga nisbatan ham ijobiy tomonga siljish kuzatilmoqda.
Kasallikning yuqtirib olish manbai 35-43 foiz holatda kasallangan oila a’zosi yoki qarindoshlari, 6-7 foiz holatda bemor ko‘shnilari, 10-12 foiz holatda jamoat joylaridagi muloqot va 4-5 foiz holatda ish joyidagi muloqot ekani aniqlanmoqda.
Tahlillariga ko‘ra, bog‘cha yoshidagi (3-6 yosh) bolalar o‘rtasida kasallanish, uy qaramog‘idagi shu yoshdagi bolalarga nisbatan (3-3,5 marta) kam uchramoqda.
LiveBarchasi