O‘zbekistonda qurol aylanmasi ustidan nazorat kuchaytiriladi
Jamiyat
−
09 dekabr 2021
6811O‘zbekistonda qurol aylanmasi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida qurolga egalik qilishning eng kam yoshi oshiriladi, qurol egalari va ularning yaqin qarindoshlarini tibbiy cheklovlar bo‘yicha davriy tekshirish tartibi belgilanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan.
Bundan tashqari, farmon bilan tasdiqlangan 2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da qayta o‘qlamasdan uzluksiz o‘q uzish imkonini beruvchi silliq stvolli yarim avtomatik o‘qotar ov quroli mavqeini soyli stvolli qurolga tenglashtirish belgilangan.
Shuningdek, “Yo‘l xaritasi”da:
• g‘ayriqonuniy maksadlarda ma’lum texnik sharoitlar va ko‘nikmalar yordamida qayta jangovar holatga keltirilishi mumkin bo‘lgan “pahtavon” (“oxoloennoye”), o‘quv va vazn gabaritli (“ masso – gabaritnoye”) qurollar muomalasini taqiqlash;
• pnevmatik qurolga egalik qilishni ruxsatnoma asosida amalga oshirish hamda fuqaro egaligida bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday qurollar sonini anik belgilash;
• fuqaroviy qurolga egalik qilishga to‘sqinlik holatlarni qayta ko‘rib chiqish hamda ular yuzaga kelganda kurolni zudlik bilan olib qo‘yish mexanizmini belgilash ham qayd etilgan.
Mazkur chora-tadbirlar ijrosiga Ichki ishlar vaziri (Po‘lat Bobojonov), O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni (Rustam Jurayev), Sog‘liqni saqlash vaziri (Behzod Musayev) hamda manfaatdor vazirlik va idoralar ma’sul etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, chora-tadbirlar ijrosi 2022 yil yanvar oyida ta’minlanishi shart.
LiveBarchasi