O‘zbekistonda emlanish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi
Jamiyat
−
30 aprel 2021
3387Kecha, 29 aprel kuni bir kunda 70 ming nafardan ortiq kishi emlanib, kunlik vaksinatsiya rekordi yangilandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 29 aprel kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab jami 71 775 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu vaksinatsiya boshlangandan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 718 471 nafarga yetdi.
29 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Farg‘ona viloyati (16 838 nafar);
- Andijon viloyati (9230 nafar);
- Namangan viloyati (8787 nafar);
- Samarqand viloyati (5801 nafar);
- Jizzax viloyati (5113 nafar) band qildi.
E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
- Farg‘ona viloyatida 105 158 nafar;
- Namangan viloyatida 75 477 nafar;
- Andijon viloyatida 72 242 nafar;
- Samarqand viloyatida 69585 nafarni tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
LiveBarchasi