O‘zbekistonda kunlik aniqlanayotgan koronavirus va pnevmoniya bemorlari soni ortdi
Jamiyat
−
08 iyul 2021
8623Kecha, 7 iyul kuni O‘zbekistonda 490 kishida koronavirus, 208 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
2021 yil 7 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 490 kishiga ortib, 114 529 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 27 nafari Andijon viloyatida,
- 21 nafari Buxoro viloyatida,
- 37 nafari Jizzax viloyatida,
- 21 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 10 nafari Navoiy viloyatida,
- 20 nafari Namangan viloyatida,
- 31 nafari Samarqand viloyatida,
- 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 22 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 19 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 13 nafari Xorazm viloyatida,
- 48 nafari Toshkent viloyatida,
- 166 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 208 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 51 nafar,
- Buxoro viloyatida 16 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
- Namangan viloyatida 41 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 32 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 46 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 65 nafar,
- Xorazm viloyatida 20 nafar,
- Toshkent viloyatida 57 nafar,
- Toshkent shahrida 21 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 110041 (+365) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 760 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi