O‘zbekistonda kuniga necha kishi PZR test topshirmoqda?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 28 sentyabridan 11 oktyabrigacha (14 kun davomida) 507 972 ta PZR test sinamasi o‘tkazilgan. Kuniga o‘rtacha 36 284 nafar fuqarodan PZR testi olingan. Ulardan 5 577 nafarida musbat natijalar qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 2021 yil iyun oyining ikkinchi yarmidan boshlab kasallanish ko‘rsatkichlari o‘sa boshlagan edi. Iyul oyida kasallik aniqlanishi yuqori cho‘qqiga chiqqani kuzatildi.

Avgust oyining birinchi yarmida esa biroz mo‘’tadil holat yuzaga kela boshladi. Avgust oyining ikkinchi yarmi va sentyabr oyidan boshlab kasallik aniqlanishining pasayishi kuzatilib, bu holat hozirga qadar davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, mamlakatdagi mavjud virusologik laboratoriyalarda shu vaqtgacha 15 milliondan ortiq PZR test sinovlari o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus PZR

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing