O‘zbekistonda kuchli shamol va momaqaldiroq bo‘lishi kutilyapti
Bu qiziq
−
12 may 2020 19265 1 daqiqa
12-14 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali xorijiy janubiy hududlar (Eron) ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ogohlantirdi.
12-14 mayda respublikada vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 13-14 may kunlari ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning ba’zi tumanlariga do‘l yog‘ishi mumkin.
Shamolning tezligi 15-20 m/sgacha kuchayishi, shamol shiddati 23-28 m/sgacha yetishi mumkin.
12-14 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Avvalroq, O‘zbekistonga Kaspiy dengizidan nam havo oqimi kirib kelishi haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun