O‘zbekistonda korrupsiyaga xizmat qiladigan lavozimlar ro‘yxati shakllantiriladi

Jamiyat

−

image

Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiya darajasini reyting baholash metodikasi asosida davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasini reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror loyihasiga ko‘ra:

•    keng aholi qatlami, tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, mahalliy va halqaro ekspertlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi;

•    so‘rovnomalar natijalarini tahlil qilish asosida davlat organlari va hududlarda korrupsiyaning tarqalganlik darajasini aniqlanadi.

Baholash natijalari asosida:

•    korrupsiyaning tarqalganlik darajasi reytingi, shu jumladan korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan davlat organlari va hududlar ro‘yxati shakllantiriladi;

•    baholash natijalari har yili 1 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga kiritiladi;

•    baholash natijalari ommaviy axborot vositalarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

361

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing