O‘zbekistonda koronavirusning qaysi shtammlari borligi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
27 noyabr 2021 6235 1 daqiqa
O‘zbekistonda bugungi kunda koronavirusning to‘rtta shtammi mavjud va odamlar orasida tarqalmoqda. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.
2021 yilning boshi va birinchi choragida koronavirusning “Alfa” shtammi tarqalishi kuzatilgan bo‘lsa, shu yilning ikkinchi yarmida “Delta” shtammi keng yoyilgan.
Qayd etilishicha, hozirga kelib esa ilgari qayd etilmagan yangi mutatsiyalar aniqlanmoqda, bu bosqichda ma’lumotlar umumlashtiriladi va ularning bioinformatik tahlili, shuningdek, tadqiqot natijalari nashrga tayyorlanadi.
Mutaxassisning fikricha, O‘zbekistonda COVID-19 ning to‘rtta shtammi mavjud. Ularning bittasi “asl” Uxan shtammiga yaqin, u koronavirusga chalinganlarning taxminan 1 foizida aniqlangan. “20A” shtammi esa 7 holatda kuzatilmoqda. Shuningdek yana bir turi “Alfa” yoki Britaniya shtammi deb ataladi, u esa taxminan o‘n foizda qayd etilgan. Shu bilan birga bemorlarning 82 foizdan ortig‘i - Delta shtammi (Hind versiyasi) bilan zararlangan.
Live
Barchasi