O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar yarim milliondan oshdi

Jamiyat

image

Kecha, 22 aprel kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab, jami 23 369 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda

Shu tariqa, ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 510 329 nafarga yetdi. 

22 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Surxondaryo viloyati (4130 nafar);
  • Namangan viloyati (2882 nafar);
  • Toshkent viloyati (2847 nafar);
  • Samarqand viloyati (2604 nafar);
  • Qashqadaryo viloyati (2571 nafar) band qildi. 

E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 70757 nafar;
  • Namangan viloyatida 54960 nafar; 
  • Andijon viloyatida 50910 nafar;
  • Samarqand viloyatida 49202 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 42699 nafarni tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing