O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 200 mingdan oshdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 12 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab  jami 67445 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 216 087 nafarga yetgan. 

12 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha Farg‘ona viloyatida yana rekord qayd etilib, bir kunning o‘zida 18 ming nafardan ortiq fuqaro (18 363 nafar) emlangan. Shuningdek, keyingi o‘rinni 11 667 nafar ko‘rsatkich bilan Andijon viloyati band qilgan. Uchinchi o‘rinni esa 8397 nafar emlangan aholi bilan Namangan viloyati egalladi.

E’tiborli jihati shuki, ushbu viloyatlarda koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni ham boshqa hududlardan bir necha barobar ko‘pligi ko‘rinmoqda (Farg‘ona 36 ming nafardan, Namangan 27 ming nafardan, Andijon 25 ming nafardan oshiq).

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda AstraZeneca va ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasidan foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing