O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 8 oydagi eng past ko‘rsatkich qayd etildi

Jamiyat

image

Kecha, 13 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 196094 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 136 kishida kasallik aniqlandi va bu aprel oyidan buyon eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
•    12 nafari Andijon viloyatida,
•    16 nafari Buxoro viloyatida,
•    4 nafari Jizzax viloyatida,
•    2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
•    1 nafari Navoiy viloyatida,
•    5 nafari Namangan viloyatida,
•    23 nafari Samarqand viloyatida,
•    3 nafari Sirdaryo viloyatida,
•    10 nafari Farg‘ona viloyatida,
•    5 nafari Xorazm viloyatida,
•    11 nafari Toshkent viloyatida,
•    43 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•    Andijon viloyatida 11 nafar,
•    Buxoro viloyatida 6 nafar,
•    Jizzax viloyatida 13 nafar,
•    Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,
•    Samarqand viloyatida 12 nafar,
•    Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
•    Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
•    Xorazm viloyatida 4 nafar, 
•    Toshkent viloyatida 55 nafar,
•    Toshkent shahrida 49 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 192841 (+164) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1442 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

390

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing