O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3200 nafarga yaqinlashdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan yana 9 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

2020 yil 25 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3189 nafarni tashkil etmoqda. 
 
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafari esa Toshkent shahrida aniqlanib, ularning 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib kasallikni yuqtirib olishgan. Qolgan 1 nafari esa Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan. 

Ayni paytda 2607 (+42) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatda 569 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekis'onda

Baholaganlar

176

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar