O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar keskin ko‘paydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 32 nafarga ortib, 342 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Oxirgi tasdiqlanganlarning barchasi statsionar sharoitida karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

636

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing