O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 83 nafarga yetdi
Jamiyat
−
27 mart 2020
18205O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana 8 nafarga oshib, 83 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu infeksiyani yuqtirib olganlarning 5 nafari Toshkent shahrida, uch nafari esa Andijonda qayd qilingan tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Koronavirusga chalingan bir bemor miokard infarktidan vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar