O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 60 mingdan, sog‘ayganlar 95 foizdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 8 oktyabr kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 334 nafarga ortib, 60 122 tashkil etdi. 

Yangi kasallanish holatlari:

- 68 nafari Toshkent viloyatida;
- 28 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun: 

- Toshkent shahrida 241 nafar;
- Toshkent viloyatida 86 nafar;
- Namangan viloyatida 30 nafar;
- Andijon viloyatida 17 nafar;
- Samarqand viloyatida 11 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 8 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 8 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, O‘zbekistonda 56 976 (+408) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Shuningdek, bugun yana 4 kishi ushbu virusdan vafot etib, jami o‘lim holatlari 496 taga yetdi. 

Hozirda mamlakatda 2 650 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 332 nafari og‘ir, 120 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing