O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 45 nafarga yetdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana ikkitaga oshib, 45 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ushbu infeksiya aniqlangan ikki fuqaro xorijda bo‘lib koronavirusga chalingan bemorlar bilan yaqin muloqotda bo‘lishgan.

Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

340

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing