O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana 359 bemor sog‘aydi
Jamiyat
−
28 Sentabr 2020
7286Bugun, 28 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soniyana 183 nafarga ortib, 55 776 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 146 nafari Toshkent shahrida;
• 16 nafari Buxoro viloyatida;
• 13 nafari Andijon viloyatida;
• 4 nafari Navoiy viloyatida;
• 4 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar:
• Toshkent shahrida 167 nafar;
• Toshkent viloyatida 98 nafar;
• Namangan viloyatida 54 nafar;
• Buxoro viloyatida 18 nafar;
• Andijon viloyatida 13 nafar;
• Samarqand viloyatida 9 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, 52 324 (+359) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatning davolash muassasalarida 2 992 nafar bemor ushbu kasallik tashxisi bilan davolanmoqda.
LiveBarchasi