Rasman: O‘zbekistonda koronavirusdan qayta kasallanish kuzatildi
Jamiyat
−
23 Oktabr 2020
21343O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar orasida qayta kasallanish holatlari tasdiqlandi. Bu haqda bugun, 23 oktyabr kuni Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva ma’lum qildi.
“Bugungi kunda respublikamizda koronavirus bilan qayta zararlanish holatlari ham mavjud. Biz qayta zararlanish holatlari kuzatilishi mumkinligiga ilmiy tomonlama amin bo‘lishimiz lozim”, dedi Nargiza Nurullayeva AOKAda o‘tgan brifingda.
Nargiza Nurullayevaning ta’kidlashicha, organizm infeksiyaga qarshi maxsus antitanachalarni ishlab chiqaradi.
“Misol uchun, qizamiqqa qarshi antitanacha organizmni himoya qilib yana qizamiq bilan kasallangan bemor bilan muloqot qilsangiz kasallanish kuzatilmaydi. Ammo bemor gripp bilan kasallangan bo‘lsa, antitanachalar bunda ta’sir ko‘rsatmaydi.
COVID-19 — bu yangi infeksiya. Organizmda bu virusga qarshi antitanacha ishlab chiqariladi. Ammo antitanachalar qanchalik chidamli, qayta zararlanish mumkinmi va bu holat qancha muddat davomida yuz berishi aniq emas. Hozirgi kunda bu muammo o‘rganilib borilmoqda. Bugungi kunda respublikamizda COVID-19 bilan qayta zararlanish holatlari ham mavjud. Biz qayta zararlanish holatlari kuzatilishi mumkinligiga ilmiy tomonlama amin bo‘lishimiz lozim", deydi Nargiza Nurullayeva.
LiveBarchasi