O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 94 mingdan oshdi
Jamiyat
−
24 may 2021 7335 1 daqiqa
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 94 ming nafardan oshdi. Joriy yilning 23 may holatiga ko‘ra, infeksiya qayd etilganlar soni 206 kishiga ko‘payib, 98 657 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 6 nafari Andijon viloyatida;
- 4 nafari Buxoro viloyatida;
- 4 nafari Jizzax viloyatida;
- 1 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 2 nafari Navoiy viloyatida;
- 2 nafari Namangan viloyatida;
- 25 nafari Samarqand viloyatida;
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 8 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 42 nafari Toshkent viloyatida;
- 96 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Jizzax viloyatida 9 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 2 nafar;
- Navoiy viloyatida 5 nafar;
- Samarqand viloyatida 30 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 2 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 8 nafar;
- Toshkent viloyatida 44 nafar;
- Toshkent shahrida 113 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 94143 (+213) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3834 nafar bemor davolanmoqda.
Live
Barchasi
Sanginovning o‘g‘li otasining eski lavozimini egalladi.
31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga bordi.
30 dekabr 2025
Prezident Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining yangi binosini borib ko‘rdi.
30 dekabr 2025
Tayvan qirg‘oqlarida 6,7 magnitudali zilzila qayd etildi.
29 dekabr 2025