O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 53 mingga yaqinlashdi
Jamiyat
−
29 Sentabr 2020
5732Bugun, 29 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 184 nafarga ortib, 56 252 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 176 nafari Toshkent shahrida;
• 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar:
• Toshkent shahrida 248 nafar;
• Toshkent viloyatida 106 nafar;
• Andijon viloyatida 12 nafar;
• Samarqand viloyatida 10 nafar;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar;
• Qashqadaryo viloyatida 7 nafar;
• Farg‘ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib 52 859 (+393) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 928 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi