O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 47 mingdan oshdi
Jamiyat
−
19 Sentabr 2020
8957Bugun, 19 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 238 nafarga ortib, 50 872 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 183 nafari Toshkent shahrida;
• 33 nafari Namangan viloyatida;
• 22 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, asli Kitob tumanilik, poyxtaxtda davolangan 70 yoshli R.S. (ayol) hamda Olmaliq shahrida yashagan 71 yoshli Z.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 236 nafar, Toshkent viloyatida 89 nafar, Namangan viloyatida 72 nafar, Andijon viloyatida 21 nafar, Qashqadaryo viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 16 nafar, Xorazm viloyatida ham 16 nafar, Surxondaryo viloyatida 4 nafar, Farg‘ona viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, 47 121 (+476) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozir 3 326 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.