O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish bo‘yicha rekord yangilandi. Poytaxtda bemor ko‘paymoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni bo‘yicha 2021 yildagi kunlik rekord yangilandi. Kecha, 18 mart kuni mamlakatda 124 kishida koronavirus aniqlandi. Joriy yilning 18 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81 095 (+124) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 1 nafari Andijon viloyatida;
  • 5 nafari Buxoro viloyatida;
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 2 nafari Xorazm viloyatida;
  • 13 nafari Toshkent viloyatida;
  • 99 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 7 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar;
  • Xorazm viloyatida 5 nafar;
  • Toshkent viloyatida 7 nafar;
  • Toshkent shahrida 78 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 79 631(+98) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 842 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil uchun bundan oldingi antirekord 16 mart kuni qayd etilgandi. Ushbu kunda mamlakatda 115 kishida koronavirus aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

887

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing