O‘zbekistonda koronavirus ko‘proq qaysi yoshdagi bolalarda uchrayotgani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bugunga kelib koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 44 mingdan oshdi. Mamlakatda bolalar o‘rtasida virusga chalinish darajasining eng ko‘pi 7-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida qayd etilgan. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qildi.

Shtab a’zosining aytishicha, O‘zbekistondagi bolalar orasida koronavirusga chalinish holati 7-18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchramoqda. Ushbu ko‘rsatkichning 55 foizini bolalar tashkil etgan.

“Hozirgi kunda bolalar qolaversa kattalar uchun ham koronovirus yuqishidan asrovchi dorilar o‘ylab topilmagan. Lekin bolalar orasida sog‘lom turmush tarzini, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish hamda barcha sanitariya gigiyena qoidalariga amal qilish orqali immunitetni oshirish mumkin”, deydi Barno Abdusamatova.

SSV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlarning yosh ko‘rsatkichlari quyidagicha: 

•  12 173 nafari (28 foiz) 30-39 yosh;
•  10 304 nafari (23,7 foiz) 20-29 yosh;
•  7 521 nafari (17,3 foiz) 40-49 yosh; 
•  5 347 nafari(12,3 foiz) 50-59 yosh;
•  2 652 nafari (6,1 foiz) 10-19 yosh;
•  2 565 nafari (5,9 foiz) 60-69 yosh;
•  1 956 nafari (4,5 foiz) 0-9 yosh;
•  739 nafari (1,7 foiz) 70-79 yosh; 
•  219 nafari (0,5 foiz) 80 va undan katta yosh oralig‘iga to‘g‘ri keladi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

369

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing