O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar 39 mingga yaqinlashdi

Jamiyat

image

23 avgust kuni O‘zbekistonda jami 414 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi.  SSVning qayd etishicha, kasallik tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Namangan, Toshkent, Sirdaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 411 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38 946 nafar bemordan 34 987 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 686 nafar bemordan 249 nafari og‘ir, 129 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

407

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing