O‘zbekistonda koronavirus holati bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar aytildi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2021
87342021 yil 22 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 170520 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 531 kishida koronavirus aniqlandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 16 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 5 nafari Andijon viloyatida,
• 4 nafari Buxoro viloyatida,
• 6 nafari Jizzax viloyatida,
• 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 4 nafari Navoiy viloyatida,
• 7 nafari Namangan viloyatida,
• 51 nafari Samarqand viloyatida,
• 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 14 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 21 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 5 nafari Xorazm viloyatida,
• 134 nafari Toshkent viloyatida,
• 241 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar,
• Buxoro viloyatida 4 nafar,
• Jizzax viloyatida 14 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,
• Navoiy viloyatida 5 nafar,
• Namangan viloyatida 15 nafar,
• Samarqand viloyatida 73 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 19 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 12 nafar,
• Toshkent viloyatida 132 nafar,
• Toshkent shahrida 338 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 164614 (+629) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
O‘tgan sutkada 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1207 nafarni tashkil qildi.
Shuningdek, 22 sentyabr kuni 118 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 26577 nafarga yetdi. Kecha ularning 422 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 23975 nafarni tashkil qilmoqda. 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 220 nafarga yetdi.