O‘zbekistonda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati joriy yilning 15 martiga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023 yilning 15 marti etib belgilangan. 

Shuningdek, qaror bilan 2023 yil 20 yanvardan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing